
Magnit bo‘ronlari vaqtida nimalar qilish kerak?
☀️ So‘nggi yillarda Quyosh faolligining ortishi sababli Yerda ko‘pincha magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu holat inson salomatligiga, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘p odamlar bosh og‘rig‘i, xolsizlik yoki qon bosimidagi o‘zgarishdan shikoyat qilishadi.
🩺 Shifokorlar bunday kunlarda o‘zini ehtiyot qilishni tavsiya qiladi. Birinchi navbatda, ko‘proq suv ichish juda muhim. Suyuqlik me’yorda qabul qilinsa, qon quyuqlashib qolmaydi. Sabzavot va mevalar iste’moli esa organizmni zarur moddalar bilan ta’minlaydi.
✨ Vitamin C bu davrda ayniqsa foydalidir. Limon, ko‘k sabzavotlar, sitrus mevalari immunitetni kuchaytiradi. Zarur hollarda, shifokor maslahati bilan vitamin qo‘shimchalari qabul qilish mumkin.
✔️ Agar yurak-qon tomir kasalliklaringiz bo‘lsa, albatta kardiolog nazoratida bo‘lish shart. To‘g‘ri turmush tarzi va ijobiy kayfiyat magnit bo‘ronlari ta’sirini kamaytiradi.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Learn More
Bezgak kasalligi qanday kasallik?
📌 Bezgak — Plasmodium paraziti sababli paydo bo‘ladigan yuqumli kasallik bo‘lib, asosan odamga anofeles chivini chaqishi orqali yuqadi.
🌍 Bu kasallik tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, boshqa hududlarda ham uchrashi mumkin.
🔥 Belgilar:
🌡 Yuqori va davriy isitma (ko‘pincha kechasi yoki ertalab ko‘tariladi)
❄️ Kuchli titroq va sovuq urishi
🤕 Bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari
😓 Haddan tashqari charchash, holsizlik
🌿 Ba’zan ko‘ngil aynishi va qusish
⚠️ Davolanmasa, bezgak og‘ir asoratlarga — miya shishi, qon aylanish buzilishi, o‘lim xavfiga olib kelishi mumkin.
🔰Sanepidqoʻmita Dehqonobod
tuman boʻlimi axborot xizmati.

Asosiy xavfli yuqumli kasalliklar guruhlari;
1. Virusli kasalliklar
🛡️ OIV/OITS (inson immunitet tanqisligi virusi)
🛡️ Ebola va Marburg isitmalari
🛡️ Gepatit B va C
🛡️Quturish (rabies)
🛡️ Chechak (variola)
🛡️Grippning xavfli turlari (A/H5N1, A/H1N1)
2. Bakterial kasalliklar
🛡️ Vabo (xolera)
🛡️Sil (tuberkulyoz) — ayniqsa dori ta’siriga chidamli turlari
🛡️Qoqshol (stolbnyak)
🛡️O‘lat (chuma)
🛡️Tif va paratif isitmalari
🛡️Meningokokk infeksiyasi
3. Parazitar kasalliklar
🛡️Bezgov (malarija) — Plasmodium paraziti orqali
🛡️Leyshmanioz
🛡️Shistosomoz
4. Zoonoz (hayvonlardan yuqadigan) xavfli kasalliklar
🛡️Quturish
🛡️Tulyaremiya
🛡️Brusellyoz
Learn More
Noqonuniy yoki ruxsatsiz choʻmilish havzalari
🌊 Maxsus ruxsat va gigiyenik nazoratdan oʻtmagan daryo, kanal, ko‘l, suv ombori yoki boshqa suv havzalari boʻlib, ularda choʻmilish inson salomatligi va hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
🦠 Suvda ichak infeksiyalari, teriga ta’sir qiluvchi bakteriyalar, gelmintlar bo‘lishi mumkin.
⚗️ Kimyoviy moddalar:
Atrofda sanoat chiqindilari yoki qishloq xo‘jalik zaharlari (pestitsid, o‘g‘it) bo‘lsa, suv kimyoviy jihatdan ham xavfli bo‘ladi.
🪸 Suv ostida o‘tkir toshlar, temir-tersak, balchiq, g‘ovaklar yoki o‘simliklar bo‘lishi mumkin. Qorong‘i va ko‘rinmaydigan joylarda cho‘milish suzishni yaxshi bilmaydiganlar uchun xavf tug‘diradi.
🌀 Suv ostida girdoblar bo‘lishi mumkin, bu esa cho‘kib ketish xavfini oshiradi.
✅ Faqat ruxsat etilgan joylarda cho‘miling
Masalan; gigiyenik nazoratdan o‘tgan va xavfsizlik xodimlari bo‘lgan suzish havzalari yoki suv omborlari.
👶 Bolalarni qat’iy nazoratda tuting- bolalar ko‘pincha xavfni anglamasdan noqonuniy joylarda cho‘milishadi.
🚫 Tanish bo‘lmagan joylarga suzib o‘tishdan saqlaning — suv sathi va chuqurligi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
❌ Noqonuniy cho‘milish joylarida cho‘milish hayot uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Har yili ko‘plab odamlar aynan shunday joylarda cho‘kib halok bo‘lmoqda yoki kasallik yuqtirmoqda.
“Sog‘lig‘ingiz va hayotingiz – o‘z qo‘lingizda. Faqat xavfsiz va ruxsat etilgan joylarda cho‘miling”
Fuqaro muhofazasi va favqulotda vaziyatlar boʻyicha mutaxassis: Asilbek Nurmatov
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Learn More
HAYIT BAYRAMIDA TO‘GʻRI OVQATLANISHGA E’TIBOR BERING
Qurbon hayti bayrami ko‘pgina mamlakatlar qatorida bizning yurtimizda ham har yili keng nishonlanadi. Bu kun barcha yurtdoshlarimiz shodu-xurram bo‘lib bir-birlarini bayram bilan tabriklaydilar. Hayit bayramida keksalarni ziyorat qilish azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Barcha xonadonlarda chiroyli dasturxonlar bezatiladi.Turli tuman pishirqlar, bo‘g‘irsoq, qush tili, o‘rama, chak-chak va boshqa turli shirinliklar pishiriladi.
Bu yilgi Qurbon hayiti issiq kunlarga to‘g‘ri kelmoqda, shu tufayli dasturxon nechog‘lik to‘kin bo‘lmasin to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya etish zarur.
Yog‘li ovqatlardan oldin sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar yeng, bu ishtahangizni jilovlab, ko‘p yeb qo‘yishdan saqlaydi. Ovqatni ko‘katlar bilan iste’mol qilish hazm qilishni osonlashtiradi.
Issiq ovqatlar oralig‘ida ko‘k choy ichish maqsadga muvofiq. Issiq ovqat bilan muzdek ichimlik ichish ovqat hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi.
Gazli ichimliklar, limonadlardan va rangli ichimliklardan esa voz kechish lozim. Ular issiqda yoqimli tuyulgani bilan, buyrak va jigarni ishdan chiqarishi mumkin. Chunki issiq ob-havo paytida buyraklardagi yuk keskin oshadi.
Bayram dasturxonidagi sho‘r bodring, tuzlamalardan o‘zingizni tiying. Sutka davomida iste’mol qilinadigan osh tuzning umumiy miqdori bir choy qoshiqdan oshmasligi kerak.
Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlariga kiradigan tortlar, pirojniylar va ayniqsa kremli qadolat mahsulotlari xarid qilishda ishlab chiqarilgan sanasi va saqlanish muddatiga e’tibor bering. Ayniqsa turli rangli bo‘yoqlar ishlatilgan pishiriqlarni yosh bolalarga bermang. Chunki oziq-ovqat bo‘yoqlari ham bolalarda allergik kasalliklarni chaqirishi mumkin.
Bayram kunlari o‘zingizni sog‘lom va yengil his etib, tetik va bardam yurishni istasangiz, albatta ovqatlanish tartibiga, sifatiga va me’yoriga qat’iy rioya qiling!
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Learn More
SHAHAR FAVVORALARIDA CHO‘MILISH MUMKINMI?
Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida cho‘milish mumkinmi?
Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud — u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi.
Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelmint tuxumlari qo‘shildi. Shu sababli favvoralarda cho‘milgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.
Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati cho‘milayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin, suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, qirrali moslamalar joylashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, favvoralar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va salqinlik berish uchun qurilgan me’moriy va dekorativ element bo‘lib, ularning suvi ichish yoki cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
7-IYUN – BUTUNJAHON OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI KUNI
7-iyun – Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni 2024- yilda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi: kutilmagan vaziyatlarga tayyor bo‘ling shiori ostida bo‘lib o‘tadi.
Bu yilgi mavzu barchaga, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan tortib, iste’molchilargacha tegishli.
Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xodisalar kichik voqealardan yirik, jiddiy xalqaro inqirozlargacha bo‘lishi mumkin. Bular: uyda elektr tokining o‘chib qolishi, umumiy ovqatlanish shaxobchalari yoki restoranlarda ovqatdan zaharlanish holatlari, import qilingan mahsulotlar orqali infeksiya tarqalishi yoki tabiiy ofat sababli bo‘lishi mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq manbalar davlat chegaralarini tanlamaydi. Shuning uchun, oziq-ovqat bozorlarining globallashuvi, o‘sishi sharoitida ovqatdan zaharlanishlar bilan bog‘liq xatarlar mahalliy muammodan xalqaro favqulodda vaziyatlargacha o‘tishi mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarga tayyor turish uchun nima qilish kerak?
Davlat tashkilotlari:
• Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha favqulodda vaziyatlarga munosabat bildirish uchun milliy rejalar ishlab chiqish;
• oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish milliy tizimlarini mustahkamlash;
• sanitariya-epidemiologiya nazorati va idoralararo muvofiqlashtirish sohasidagi salohiyatni kuchaytirish;
• oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari va jamoatchilik bilan aloqa sifatini yaxshilash.
Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari:
• oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha rejalarni takomillashtirish;
• tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik qilish;
• iste’molchilar bilan aloqa sifatini yaxshilash.
Iste’molchilar:
• oziq-ovqat xavfsizligi hodisalari haqida qayerga xabar berishni yoki ularga qanday javob berishni bilishlari kerak;
• uydagi kutilmagan vaziyatlarning oqibatlarini va bunday vaziyatda nima qilishni bilishlari kerak.
FAKTLAR VA RAQAMLAR
Har yili sayyoramizning har o‘ninchi aholisidan biri oziq-ovqat bilan bog‘liq kasallik bilan kasallanadi. Bu muammo dunyodagi barcha mamlakatlarga tegishli.
200 dan ortiq kasalliklar bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar bilan, bazida esa kimyoviy moddalar – og‘ir metallar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar aholining 9% ni tashkil etadi, lekin oziq-ovqat orqali kelib chiqadigan kasalliklarning 40% bolalarga to‘g‘ri keladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xodisalarga nafaqat ovqatdan zaharlanishlar balki elektr energiyasining o‘chib qolishi, oziq-ovqat mahsulotlarini zararlovchi suv toshqinlari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish tizimidagi uzilishlar ham kiradi.
7-iyun – Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuniga bag‘ishlab qanday tadbirlar o‘tkazish mumkin?
Sohaga aloqador tashkilot vakillari, mutaxassislar va OAV xodimlari uchun matbuot anjumanlari, vebinarlar, televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlarda intervyu va reportajlar tashkil qilish, rasmlar va plakatlar konkurslarini o‘tkazish va aholiga ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish mavzusidagi targ‘ibot materiallarini tarqatish mumkin.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
SHAKAR KO‘P ISTE’MOL QILISH QANDAY KASALLIKLARNI KELTIRIB CHIQARADI?
Qandli diabet kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil bu shakar hisoblanadi. Shakarning miqdori ko‘payganida u yog‘ga aylanadi.
Shakarni ko‘p iste’mol qilish semizlik, qandli diabet, gipertoniyani keltirib chiqaradi, bu o‘z navbatida, infarkt va insultga olib keladi.
Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Og‘ir masala shundan iboratki, semizlik onkologik kasalliklarga moyil qilib qo‘yadi.
Bugungi kunda shirin ichimliklar, konditer mahsulotlari, muzqaymoqlarini sevib iste’mol qilamiz.
JSST 1 kunlik shakar iste’molini 25-50 gramm deb belgilagan, biz iste’mol qilayotgan qand miqdori esa me’yoridan 10 baravargacha oshib ketyapti.
Shu o‘rinda har bir mahsulotni me’yordan ortiq iste’mol qilmaslik muhimligini eslatib o‘tamiz.
Salomatligingizni asrash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish o‘z qo‘lingizda.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
LEYSHMANIOZ KASALLIGI VA UNI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
JSST ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer yuzida yashovchi bir milliondan ikki milliongacha aholi zararlanadi. O‘zbekistonning qator viloyatlarida leyshmaniozlarning tabiiy o‘choqlari mavjud bo‘lib, har yili vistseral va zoonoz teri leyshmanioz kasalligi holatlari ro‘yxatga olinadi.
Leyshmaniozlar – odam va hayvonlar orasida uchraydigan bir guruh protozoy transmissiv kasallik bo‘lib, asosan ichki a’zolarni (vistseral leyshmaniozda) yoki teri va shilliq pardani (teri leyshmaniozida) zararlanishi bilan ta’riflanadi. Kasallik odamga Phelebotomus turiga mansub leyshmanioz bilan zararlangan moskitning chaqishi oqibatida yuqadi. O‘z navbatida moskit infeksiyani kasallangan odamni, it, yovvoyi hayvonlarni (chiyabori, tulki), har xil kemiruvchilarni (katta qum sichqoni, qizil dumli qum sichqoni, yapaloq tishli kalamush va ingichka panjali yumroqqoziq va bosh.)ni chaqishi natijasida zararlanadi. Zararlanish mavsumi – yoz, kasallanish mavsumi esa – shu yilning kuzi yoki kelasi yilning bahoriga tugri keladi.
Kasallik tashuvchilari – ochiq-sariq va ochiq kul-rangli yoki jigar rangdagi, ikki qanotli hashorat, qon so‘ruvchi mayda moskitlar bo‘ladi. Qanotlari tinch turgan holda 45˚burchak ostida yuqoriga ko‘tarilgan hisoblanadi. Uchishi ovozsiz va keskin. Moskitlar qisqa masofaga uchish hususiyatiga ega.
Vistseral (ichki) leyshmanioz (VL)- o‘ziga xos leyshmanioz shakli. Havfli tarafi shundaki, davolanmasa bu infeksiyadan o‘lish 100% yetadi. O‘zbekistonda vistseral leyshmaniozning o‘rtayerdengiz-o‘rtaosiyo turi uchraydi. Kasallik asosan kichik yoshdagi bolalarni zararlaydi, lekin katta yoshdagilar ham kasallanadilar. VL inkubatsion (yashirin) davri 3 xaftadan 3 yillgacha (ko‘pincha bir necha oylar) davom etishi mumkin. Kasallik asta-sekin boshlanadi, kasallikning birinchi belgilarini sezmay ham qolish mumkin. Umumiy holsizlik kuchayadi, to‘lqin simon (ko‘pincha bir kun davomida ikki karrali tana xaroratining ko‘tarilishi) isitma aralash bezgak paydo bo‘ladi. Kamqonlik hisobiga terining rangi o`qaradi, ba`zida gemorragik toshma paydo bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida yarali nekrotik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Bemorning umumiy holati keskin yomonlashadi, ular oriqlashadilar, kamqonlik va leykopeniya kuchayadi, jigar (kindik chizig‘igacha) va taloqning (kichkina toz bo‘shlig‘igacha) kattalashishi kuzatiladi. Bemorlarning deyarli 10% da jigar sirrozi va portalli gipertenziya kuzatiladi. Kasallikning so‘ngi bosqichlarida buyrak bezining zararlangani hisobiga shishlar paydo bo‘ladi, keskin oriqlab ketish — kaxeksiya rivojlanadi.
Teri leyshmaniozi (TL)– terining polimorf kasalligi bo‘lib yashirin davri bir haftadan bir necha oylargacha bo‘lishi mumkin. Kasallik har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, ya’ni: teri qoplamida yallig‘langan yoki yarasiz yakka-yakka yoki ko‘p tugunchali zararlangan joylari bo‘lishi mumkin. Teri leyshmanioz kasalligiga eng hos bo`lgan belgi — bu uzoq bitmaydigan yaralarning mavjudligi. Teri leyshmaniozi antroponoz va zoonoz turi ko‘rinishida kechadi. O‘zbekistonda zoonoz teri leyshmaniozi uchrab turadi (sinonimlar: qishloq turi, pendin yarasi, o‘tkir nekrozli teri leyshmaniozi, Borovskiy kasalligi) va u kalta inkubatsion (yashirin) davriga ega (3 haftagacha), chaqilgan joydagi do‘ng tezlik bilan kattalashadi, yallig‘lanadi va shu joyda atrofi shishgan keng infiltratli yara paydo bo‘ladi. Yara diametri 5 sm.gacha yetishi mumkin. Keyinchalik yaraning o‘rni bitadi. Kasallik boshlanganidan 4-5 oydan so‘ng “muhirlangan”tirtiq paydo bo‘ladi. Ko‘pincha leyshmaniomalar yuz, qo‘l va oyoqning ochiq joylarida joylashadi, kam uchraydigan holatlarda badanda ham bo‘lishi mumkin.
Leyshmaniozlarga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida quyidagilardan iborat kompleks chora-tadbirlarni o‘tkazish kerak:
• leyshmanioz bilan zararlangan bemorlarni erta aniqlash va davolash;
• dezinseksiya o‘tkazish — xonadonlarga moskitlarga qarshi ishlov berish;
• deratizatsiya o‘tkazish — qishloq aholi punktlari va dala ishlari o‘tkaziladigan uchastkalariga yaqin joylardagi yovvoyi kemiruvchilarni yo‘q qilish;
• moskitlarning ko‘payish joylaridan uchib chiqayotgan sonini kamaytirish maqsadida aholi punktlarida doimiy ravishda tozalikni ushlab turish kerak, uy va molxonadan chiqadigan chiqindilarni zich yopiladigan qopqoqli yashiklarda ushlash kerak, hamda yig‘ilishiga qarab muntazam ravishda alohida ajratilgan mahsus maydonga chiqarib ularni u yerda yoqish yoki zararsizlantirish zarur.
• Doimiy ravishda uylarning yerto‘lalari, sabzavot saqlanadigan binolar, molxona va uy parrandalari turadigan binolarning ozodaligini nazoratda ushlash kerak.
• Shahar va boshqa aholi punktlarida daydi itlarni yo‘q qilish kerak, hamda xizmatdagi va xonadon itlari doimo veterinariya nazorati ostida bo‘lishi shart.
• Moskitlardan himoyalanish uchun albatda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash, – pashshaxonalar, oyna va eshiklarga setka tutish maqsadga muvofiqdir.
• Kechki vaqtda hashoratlarning chaqishidan himoyalanish uchun uzun yengli ko‘ylak va shim kiyish zarur.
• Ochiq havoda ishlaganda tananing ochiq qolgan joylarini moskitlar chaqishidan himoyalash uchun repelentlardan foydalanish kerak.
• Qishloq ho‘jalik mavsumiy ishlarga jalb qilingan ishchilarning yotog‘i epidemik mavsumda zoonoz teri leyshmaniozining tabiiy o‘chog‘idan 2 km masofa uzoqligida joylashtirilishi tavsiya etiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxsiy himoya choralariga rioya qilish natijasida tabiiy o‘choqda ham leyshmanioz bilan zararlanish ehtimolidan holi bo‘lish yoki zararlanish havfini pasaytirish mumkin.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISHI VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN
Brutsellyoz qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlari orasida keng tarqalgan kasallik hisoblanib, bu kasallik bilan odamlar ham kasallanadi.
Odamlarda xastalik ko‘proq surunkali kechadi va bemorni uzoq muddatga ish qobiliyatini yo‘qolishi va hatto nogironlikka ham olib kelishi mumkin. Mayda shoxli hayvonlar o‘chog‘i kishilarga kasallikni yuqishi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi. Brutsellyoz kasalligining yashirin davri 3 dan 6 haftagacha, ba’zan 2 oygacha davom etadi.
Kasallik yuqish yo‘llari va keltirib chiqaruvchi omillari:
- qo‘y va echkilar kasallik manbai bo‘lib, brutsellyoz kasalligi mikrobi tashqi muhitga so‘lak, sut, qon, jinsiy a’zolar suyuqligi, plasenta va chala tug‘ilgan qo‘zichoq va buzoq orqali ajraladi;
- kasallik asosan xizmatchilarga mayda shoxli hayvonlarni qo‘zilatish, boqish va parvarish qilish paytida muloqot yo‘li orqali
- hayvon mahsulotlari bo‘lgan xom sut va chala pishirilgan go‘shtni iste’mol qilish jarayonida og‘iz orqali yuqadi.
Kasallik alomatlari:
- haroratning ko‘tarilishi;
- et uvishishi;
- asabiylashish;
- uyqusizlik;
- tilning karash bilan qoplanishi;
- teri va shilliq parda rangining oqarishi;
- harakat va tayanch a’zolar faoliyatining buzilishlari, bo‘g‘imlar harakatining cheklanishi;
- jinsiy va tanosil a’zolarda orxit, hayz ko‘rishning buzilishi, bola tushishi va muddatidan ilgari tug‘ish.
Kasallikning oldini olish uchun nima qilish lozim?
- chorva mollari saqlanadigan molxonalarni vaqti-vaqti bilan 10% xlorli ohak eritmasi bilan zararsizlantirib turish;
- bola tashlagan, yo‘ldoshi vaqtida tushmagan mollar veterinariya xodimlari nazoratida bo‘lishi, boshqa hayvonlardan ajratilishi va ularning chiqindilari xlorli ohak bilan zararsizlantirilishi;
- o‘lik tug‘ilgan hayvon bolasi va yo‘ldoshi ehtiyotkorlik bilan 2 metr qazilgan chuqurga tashlanib, ustiga xlorli ohak sepib ko‘mib yuborilishi, ularni itlar va boshqa hayvonlar iste’mol qilmasligi;
- kasal hayvonlar bilan ishlovchilar maxsus kiyimlar (kombinzon, rezina etik, qo‘lqop, xalat va respiratorlar) kiyib ishlashi;
- hayvonlarning junini olish jarayonida, molxonalarni tozalayotganda, albatta og‘iz va burunga 4 qavatli dokadan tayyorlangan niqobdan foydalanish;
- bolalar, o‘smir va homilador ayollarni kasal hayvonlar bilan ishlashlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- veterinariya ko‘rigidan o‘tmagan molni so‘ymaslik va ularning mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;
- go‘sht va jigardan tayyorlanadigan taomlar, ayniqsa kaboblarni yaxshi pishirilishiga ahamiyat berish;
- belgilanmagan joylarda yoki qo‘lda sotilayotgan sut, xom qaymoqni xarid qilmaslik;
- doimo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, ayniqsa qo‘l yuvish ko‘nikmalarini shakllantirish kerak
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
