
Noqonuniy yoki ruxsatsiz choʻmilish havzalari
🌊 Maxsus ruxsat va gigiyenik nazoratdan oʻtmagan daryo, kanal, ko‘l, suv ombori yoki boshqa suv havzalari boʻlib, ularda choʻmilish inson salomatligi va hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
🦠 Suvda ichak infeksiyalari, teriga ta’sir qiluvchi bakteriyalar, gelmintlar bo‘lishi mumkin.
⚗️ Kimyoviy moddalar:
Atrofda sanoat chiqindilari yoki qishloq xo‘jalik zaharlari (pestitsid, o‘g‘it) bo‘lsa, suv kimyoviy jihatdan ham xavfli bo‘ladi.
🪸 Suv ostida o‘tkir toshlar, temir-tersak, balchiq, g‘ovaklar yoki o‘simliklar bo‘lishi mumkin. Qorong‘i va ko‘rinmaydigan joylarda cho‘milish suzishni yaxshi bilmaydiganlar uchun xavf tug‘diradi.
🌀 Suv ostida girdoblar bo‘lishi mumkin, bu esa cho‘kib ketish xavfini oshiradi.
✅ Faqat ruxsat etilgan joylarda cho‘miling
Masalan; gigiyenik nazoratdan o‘tgan va xavfsizlik xodimlari bo‘lgan suzish havzalari yoki suv omborlari.
👶 Bolalarni qat’iy nazoratda tuting- bolalar ko‘pincha xavfni anglamasdan noqonuniy joylarda cho‘milishadi.
🚫 Tanish bo‘lmagan joylarga suzib o‘tishdan saqlaning — suv sathi va chuqurligi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
❌ Noqonuniy cho‘milish joylarida cho‘milish hayot uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Har yili ko‘plab odamlar aynan shunday joylarda cho‘kib halok bo‘lmoqda yoki kasallik yuqtirmoqda.
“Sog‘lig‘ingiz va hayotingiz – o‘z qo‘lingizda. Faqat xavfsiz va ruxsat etilgan joylarda cho‘miling”
Fuqaro muhofazasi va favqulotda vaziyatlar boʻyicha mutaxassis: Asilbek Nurmatov
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Related Posts
Махаллабай ишлаш бўйича яккабоғ туман СЭО ва ЖС бўлими бошлиғи томонидан қилинган ишлар
Махаллабай ишлаш бўйича яккабоғ туман СЭО ва ЖС бўлими бошлиғи томонидан қилинган...
IT TISHLASA NIMA QILISH KERAK!
Quturish hayvonlar va odamlarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, miya va orqa...
SHAKAR KO‘P ISTE’MOL QILISH QANDAY KASALLIKLARNI KELTIRIB CHIQARADI?
Qandli diabet kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil bu shakar hisoblanadi....
Vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va boshqarish bo‘yicha seminar
Qashqadaryo viloyatida YUNISEF eksperti Nuriddin Kadirov ishtirokida vaksinalarni...





