
Nega oshpazlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart?
Oshxona — aholining kundalik salomatligiga bevosita ta’sir qiladigan joy. Shuning uchun unda ishlovchi oshpazlar, yordamchi xodimlar va oziq-ovqat bilan ishlovchi har bir kishi muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
🪩Sanepidqo‘mita Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan infografikada bu kabi tibbiy ko‘rikning ahamiyati, ko‘rikdan o‘tilmasa qanday xavflar yuzaga kelishi haqida ma’lumot berildi.
Unutmang tibbiy ko‘rik — bu aholining umumiy salomatligini himoya qiluvchi muhim choralardan biridir.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Learn More
Laboratoriyalarda gelmentiozlar (qurt kasalliklari) asosan quyidagi usullar bilan tekshiriladi:
Najas tahlili
Eng ko‘p qo‘llaniladigan usul. Najasda gelmint tuxumlari yoki lichinkalari qidiriladi.
📌 Qo‘llaniladigan metodlar:
Natijani to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikroskopiya
Fulleborn usuli (tuzli eritmada konsentratsiya)
Kalantarian usuli (to‘plantirish)
Darling yoki Formalin-efir konsentratsiyasi
🩸Qon tahlillari
Gelmint to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlanmasa ham, organizm reaksiyasi bo‘yicha xulosa qilinadi:
Eozinofillar ko‘payishi
Imomarkerlar – ayrim gelmintlar uchun antitelolarni aniqlaydi
🔍 Perianal so‘riq
Ayniqsa enterobioz (ostritsalar) uchun qo‘llaniladi.
Taңda paxta skotch yoki stiker bilan perianal sohadan izlar olinadi
Mikroskopda ostritsa tuxumlari qidiriladi
🧴Ultratibbiy va instrumental diagnostika
Agar parazit organlarda joylashgan bo‘lsa:
UZI
KT / MRT
Endoskopiya
Bular exinokokk, opistorxoz, trixinelloz kabi kasalliklarda yordam beradi.
🧫 Biopsiya
Kamdan-kam hollarda, masalan:
Trixinellozda mushak biopsiyasi
✔️ Xulosa qilib aytganda gelmentiozlar asosan najas tahlili, qon tahlili va perianal so‘riq orqali aniqlanadi.
Qaysi metod tanlanishi parazit turiga bog‘liq.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Learn More
Maktab oʻquvchilari uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi?
👶 Bolalar harakatchan boʻladi. Qolaversa, organizmning oʻsib-ulgʻayishi uchun quvvat, yaʼni ozuqa kerak. Shu sababli oʻgʻil-qizlar tez ochqaydi. Ayniqsa, maktab davrida! Biroq bunday pallalarda kichkintoylar duch kelgan mahsulotlarni isteʼmol qilib ketavermasligi zarur. Ularning turi, sifati, tarkibi va miqdori doimo nazoratda boʻlishi shart .
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar isteʼmol qilishi mumkin boʻlgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti ham belgilangan. Ular quyidagilardan iborat:
🥩🍖Goʻsht va goʻsht mahsulotlari:
▶️I kategoriyali mol goʻshti, buzoq goʻshti, yogʻsiz qoʻy goʻshti (haftada 1-2 martadan koʻp emas), parranda goʻshti, kurka, quyon goʻshti, baliq, tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda.
🥛🍶Sut va sut mahsulotlari:
▶️sut (2,5%, 3,2%, 3,5% yogʻlilik darajasi), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq; quyultirilgan sut (toza va shakar aralashtirilgan holda), quyultirilib-pishirilgan sut; tvorog (yogʻlilik darajasi 9% va 18%li; agar yogʻlilik darajasi unchalik baland boʻlmasa — 0,5% li); oʻtkir boʻlmagan turdagi pishloq (qattiq, yumshoq, eritilgan, ziravorlarsiz kolbasa turdagi); termik qayta ishlanganidan soʻng qaymoq (10%, 15%, 30% yogʻlilik darajasi); kefir (qattiq); yogurtlar (termik ishlov berilmagan — tabiiy, sutli va qaymoqli turlari maʼqul); qizaribroq ivigan qatiq (ryajenka), qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari; qaymoq (yogʻlilik darajasi 10%, 20% va 30%).
Oziq-ovqat yogʻlari:
▶️sariyogʻ; oʻsimlik yogʻi (kungaboqar, faqat dogʻlangan paxta yogʻi); salatlarga, vinegretlar, seld baligʻi, ikkinchi taomlar salat yogʻi; margarin pishiriqlar uchun; qovurish uchun cheklangan (faqat oliy navlar);
🥮🥧Qandolatchilik mahsulotlari:
▶️konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak; qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz); pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz); qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal;
🥔🫑Sabzavotlar:
▶️kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʻkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʻk), tomat pastasi, tomat-pyure.
🍎🍒Mevalar:
▶️olma, nok, olxoʻri, uzum, va bananlar; har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon); quritilgan mevalar;
🫘🥜Dukkaklilar:
▶️noʻxat, loviya, soya, mosh.
🥤🧋Sharbat va ichimliklar:
▶️ mahalliy tabiiy va import sharbatlar, ishlab chiqarilgan ichimliklar (oqartirilgan va quyqali), imkon qadar kichik qadoqda; konservantlarsiz va qoʻshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar; kakao, choy; ichimlik suvi.
🥫Konservalar:
▶️goʻshtli konserva; konserva ovqatlari (goʻshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʻshtli karam shoʻrva, mol goʻshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʻlmaganda istisno tarzida); losos (qizil goʻshtli baliq); sharbatlar, meva boʻlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi;
sterillangan pomidor va bodringlar, non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda tavsiya etiladi.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Learn More
QADRLI SHIFOKORLAR, XURMATLI TIBBIYOT XODIMLARI!
Sizlarni yuksak qadr va ehtirom bilan «Tibbiyot xodimlari kuni» bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!
✨ Inson salomatligini asrash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi xizmatingiz eng sharafli va mas’uliyatli vazifadir. Sizning fidoyiligingiz, mehr va sadoqat bilan bajarayotgan mehnatingiz tufayli xalqimizning salomatligi, tinchligi va farovonligi ta’minlanmoqda.
✨ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodimga minnatdorlik bildiraman. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, oilaviy tinchlik, kasbiy muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilayman!
💥 Shunday sharafli kasbning egasi bo‘lganingiz bilan faxrlaning!
✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
To‘lqin Rasulov,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Learn More
Vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va boshqarish bo‘yicha seminar
Qashqadaryo viloyatida YUNISEF eksperti Nuriddin Kadirov ishtirokida vaksinalarni to‘g‘ri saqlash, tashish va sovutkich uskunalarini xaritalash masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
📌 Seminarda immunizatsiya ishlari uchun mas’ul mutaxassislar, shahar/tuman epidemiolog vrachlar hamda vaksina saqlash omborxona mudirlari ishtirok etdi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad viloyatda vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va samarali boshqarish tizimini yanada takomillashtirishdir.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Learn More
Grippga qarshi emlanish haqida: mish-mish va haqiqat
1️⃣ Mish-mish: Emlash faqat grippning bir turidan himoya qiladi, boshqasi bilan baribir kasallanish mumkin.
Haqiqat: Har mavsum uchun vaksina yangilanib, aynan shu yilda tarqalishi mumkin bo‘lgan virus shtammlarini qamrab oladi. Emlash natijasida gripp bilan kasallanish holati keskin kamayadi.
2️⃣ Mish-mish: Emlashdan keyin gripp bilan og‘rish mumkin.
Haqiqat: Vaksinada faol virus bo‘lmaydi, shuning uchun undan gripp yuqishi mumkin emas.
3️⃣Mish-mish: Faqat sog‘lom odamlargina emlanishi mumkin.
Haqiqat: Aksincha, emlash ayniqsa xavf guruhidagi odamlar uchun juda muhim — keksalar, bolalar, surunkali kasalligi borlar, shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari uchun tavsiya etiladi.
4️⃣Mish-mish: Bir marta emlansa, bir necha yilga yetadi.
Haqiqat: Gripp virusi har yili o‘zgaradi, shu sababli emlanish har mavsumda bir marta amalga oshirilishi lozim.
❗️Eslatma: Emlangan odamlar odatda gripp bilan og‘rimaydilar. Agar shunday bo‘lib qolsa ham, kasallik yengil kechadi va asoratlarsiz o’tadi.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Learn More
2024-yilda Botulizmdan 162 nafar fuqaro jabrlangan
Botulizm o‘zi nima?
❌Bu ovqatdan zaharlanishning bir muncha og‘ir va asorat qoldirishi bo‘yicha ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan turi hisoblanadi.
Respublika bo‘yicha 2024 yilda 33 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida “Botulizm” kasalligi qayd etilgan:
✅162 nafar fuqaro jabrlangan,
❎ulardan 36 nafarini bolalar tashkil etadi.
‼️28 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib,
♨️ Botulizm kasalligi qo‘zg‘atuvchisi kislorodsiz sharoitda rivojlanadi va o‘zidan zahar ishlab chiqaradi.
Unutmang! Konserva mahsulotlari tayyorlashda zarur texnologik jarayonlar, ya’ni konserva zavodlaridagi kabi yuqori bosim ostida, 120-125 gradus issiqlikda o‘tkaziladigan sterilizatsiya jarayonini uy sharoitida bajarib bo‘lmaydi.
‼️Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda! O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
⚡️Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Learn More
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bu bayram – jamiyatimiz taraqqiyoti, farzandlarimiz ma’naviy kamoloti va kelajagimiz ravnaqi yo‘lida bebaho xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik ifodasidir.
✨Ayni paytda tibbiyot sohasida avlodlarga bilim va tajriba berib kelayotgan ustoz shifokor va tibbiyot xodimlari ham alohida e’tirofga loyiqdir. Ular nafaqat kasb sir-asrorlarini o‘rgatadilar, balki jasorat, sabr-toqat va insonparvarlikka ham tarbiyalaydilar.
✨Har bir insonning kamoloti va hayotida ustozning mehnati, sabri va mehri beqiyosdir. Shu bois, bu qutlug‘ kunda barcha ustoz va murabbiylarimizga, shu jumladan tibbiyot ustozlariga ham salomatlik, baxt-saodat, oila tinchligi hamda oliyjanob mehnatlarida zafarlar tilaymiz.
🎙Yana bir bor barchangizni bayram bilan muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi nomidan boshqarma boshlig‘i
To‘lqin Berdiyevich Rasulov
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Learn More
QIZAMIQDAN KEYINGI ASORATLAR
Qizamiq jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Ba’zi odamlar pnevmoniya va ensefalit (miya shishishi) kabi ogʻir asoratlardan aziyat chekishi mumkin. Buning natijasida ular kasalxonaga yotqizilishi va hattoki vafot etishi ham mumkin.
Pnevmoniya.
‼️Qizamiq bilan kasallangan har 20 boladan 1 nafari pnevmoniya bilan kasallanadi, bu esa yosh bolalarda qizamiq asorati tufayli oʻlimning eng keng tarqalgan sababidir.
Ensefalit.
‼️Qizamiq bilan kasallangan har 1000 boladan 1 nafarida ensefalit (miyaning shishishi) rivojlanadi, bu esa talvasaga olib keladi va bolani kar yoki aqliy zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
Learn More
Qizamiq — bu oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi.
Alomatlari
✔️ Tanglayda qizil dogʻlar.
✔️ Terida toshma va pigmentatsiya.
✔️ Tana harorati koʻtariladi.
✔️ Ishtahaning pasayishi.
✔️ Konyunktivit.
✔️ Tumov.
✔️ Holsizlik.
Yana bir muhim diagnostik belgi — toshma paydo bo’lishidan oldin o’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida paydo bo’lgan Filatov-Koplik dog’lari.
Qizamiqdan keyingi og’ir asoratlar
🔹 Qizamiq bilan kasallangan har 20 boladan 1 nafari pnevmoniya bilan kasallanadi.
🔸 Ensefalit. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 boladan 1 nafarida ensefalit rivojlanadi, bu esa talvasaga olib keladi va bolani kar yoki aqliy zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
🔹 Oʻlim. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 bolaning 1-3 nafari kasallik asorati boʻlmish zotiljamdan vafot etadi.
Qanday himoyalanish mumkin⁉️
– Qizamiqdan himoyalanishning yagona usuli – emlash. Milliy emlash kalendari asosida har bir ota-ona davolash profilaktika muassasalariga murojaat etib, farzandini 1 yoshda va 6 yoshda qizamiqqa qarshi emlatishi kerak.
⚡️Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Learn More
