
Grippga qarshi emlanish haqida: mish-mish va haqiqat
1️⃣ Mish-mish: Emlash faqat grippning bir turidan himoya qiladi, boshqasi bilan baribir kasallanish mumkin.
Haqiqat: Har mavsum uchun vaksina yangilanib, aynan shu yilda tarqalishi mumkin bo‘lgan virus shtammlarini qamrab oladi. Emlash natijasida gripp bilan kasallanish holati keskin kamayadi.
2️⃣ Mish-mish: Emlashdan keyin gripp bilan og‘rish mumkin.
Haqiqat: Vaksinada faol virus bo‘lmaydi, shuning uchun undan gripp yuqishi mumkin emas.
3️⃣Mish-mish: Faqat sog‘lom odamlargina emlanishi mumkin.
Haqiqat: Aksincha, emlash ayniqsa xavf guruhidagi odamlar uchun juda muhim — keksalar, bolalar, surunkali kasalligi borlar, shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari uchun tavsiya etiladi.
4️⃣Mish-mish: Bir marta emlansa, bir necha yilga yetadi.
Haqiqat: Gripp virusi har yili o‘zgaradi, shu sababli emlanish har mavsumda bir marta amalga oshirilishi lozim.
❗️Eslatma: Emlangan odamlar odatda gripp bilan og‘rimaydilar. Agar shunday bo‘lib qolsa ham, kasallik yengil kechadi va asoratlarsiz o’tadi.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Related Posts
QADRLI SHIFOKORLAR, XURMATLI TIBBIYOT XODIMLARI!
Sizlarni yuksak qadr va ehtirom bilan "Tibbiyot xodimlari kuni" bayrami bilan...
OZIQ-OVQAT QO‘SHIMCHALARI TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hozirgi kunda ozuqaviy...
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan...
Bezgak kasalligi qanday kasallik?
📌 Bezgak — Plasmodium paraziti sababli paydo bo‘ladigan yuqumli kasallik bo‘lib,...




