
Grippga qarshi emlanish haqida: mish-mish va haqiqat
1️⃣ Mish-mish: Emlash faqat grippning bir turidan himoya qiladi, boshqasi bilan baribir kasallanish mumkin.
Haqiqat: Har mavsum uchun vaksina yangilanib, aynan shu yilda tarqalishi mumkin bo‘lgan virus shtammlarini qamrab oladi. Emlash natijasida gripp bilan kasallanish holati keskin kamayadi.
2️⃣ Mish-mish: Emlashdan keyin gripp bilan og‘rish mumkin.
Haqiqat: Vaksinada faol virus bo‘lmaydi, shuning uchun undan gripp yuqishi mumkin emas.
3️⃣Mish-mish: Faqat sog‘lom odamlargina emlanishi mumkin.
Haqiqat: Aksincha, emlash ayniqsa xavf guruhidagi odamlar uchun juda muhim — keksalar, bolalar, surunkali kasalligi borlar, shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari uchun tavsiya etiladi.
4️⃣Mish-mish: Bir marta emlansa, bir necha yilga yetadi.
Haqiqat: Gripp virusi har yili o‘zgaradi, shu sababli emlanish har mavsumda bir marta amalga oshirilishi lozim.
❗️Eslatma: Emlangan odamlar odatda gripp bilan og‘rimaydilar. Agar shunday bo‘lib qolsa ham, kasallik yengil kechadi va asoratlarsiz o’tadi.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
Related Posts
Maktab oʻquvchilari uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi?
👶 Bolalar harakatchan boʻladi. Qolaversa, organizmning oʻsib-ulgʻayishi uchun...
Qizamiq — bu oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi.
Alomatlari ✔️ Tanglayda qizil dogʻlar. ✔️ Terida toshma va pigmentatsiya. ✔️...
Nega oshpazlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart?
Oshxona — aholining kundalik salomatligiga bevosita ta’sir qiladigan joy. Shuning...
OZIQ-OVQAT QO‘SHIMCHALARI TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hozirgi kunda ozuqaviy...





