
Nazoratlarni muvofiqlashtirish bo‘limi
Qo‘lanilgan jarimalarni E “Mamuriy ish”bazasiga kiritiladi.Tadbirkorlik subektlarini jinoyat ishlar so‘diga qaror chiqarish uchun o‘tkaziladi.O‘z vaqtida to‘lanmagan jarimalarni MIB ga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Nazoratlarni muvofiqlashtirish va Ma’muriy amaliyot bo‘limi faoliyati bo‘yicha.
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, xuquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekistoi Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, karorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Maxkamasining karorlari va farmoyishlariga, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining karorlari, buyruk va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu nizomga amal kiladi.
1.3. Bo‘lim faoliyatini bo‘lim boshlig‘i boshqaradi, o‘z faoliyatida tuman bo‘limi boshlig‘iga buysinadi va hisobot beradi.
- Bo‘lim mutaxassislari bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysinadi, bo‘limga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.
- Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari.
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari xisoblanadi:
- Bo‘lim, Sanitariya va epidemiologiya bo‘limlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaMga rioya kilishlari ustidan o‘tkazilgan tekshirishlarini taxlil kiladi va muvofiklashtiradi;
- Sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralarini ro‘yxatga oladi va amaliyotga rahbarlik qiladi;
- Bo‘limda tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy amaliyot bo‘yicha tahlil qiladi va tegishli hisobotlarni yuritadi;
- Soxaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilishda tegishli bo‘lim va davlat idoralari bilan hamkorlik qiladi;
- Tekshirishlar va ma’muriy javobgarlik choralari yuzasidan hisobotlarni yuqori organga yuboradi;
- Tadbirkorlik subektlarida tekshirish o‘tkazish huquqini berish uchun mansabdor shaxslarni o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tishga tayyorlaydi.
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarni xam amalga oshiradi.
3-bob. Funksiyalari.
- Bo‘limning tegishli bo‘limlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaMga rioya kilishlari ustidan tekshirish o‘tkazish rejasini talab qilib oladi, amaldagi tartib-taomillarga muvofiqligini o‘rganadi, muvofiklashtiradi va tekshirishlarni ro‘yxatga olish elektron tizimiga kiritadi;
- Sanitariya-epidemiologiya soxasida qonun buzilishlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalarini qabul qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganadi va ma’muriy amaliyotga rahbarlik qiladi;
- Ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma va jarima solish to‘g‘risidagi qarorni maxsus elektron bazaga kiritadi;
- Sanitariya va epidemiologiya bo‘limlariga tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy amaliyot bo‘yicha uslubiy yordam beradi, faoliyatini o‘rganib boradi va bo‘lim boshlig‘iga taklif kiritadi;
- Bo‘limning statistik hisobotlarini yuritish, to‘plash, tahlil qilishda tegishli bo‘limlarga amaliy yordam ko‘rsatadi;
4-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
- Bo‘lim faoliyatida tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy huquqiy ta’sir choralarni qo‘llash soxasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish;
- Tekshirishlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot soxasida aniklangan kamchiliklarni bartaraf etish;
- Tadbirkorlik subektlarida tekshirishlar o‘tkazishga doir konun xujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hakida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogoxlantirish yoki ulardan tilxat(kafolat xati) olish;
- Bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim mutaxassislari topshiriklarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishi uchun javob beradi;
- Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
- Yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
- Bo‘limning yillik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
- Faoliyatiga oid qonun hujjatlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
- bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida rahbariyatiga takliflar kiritadi;
4.11. bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
4.12. Bo‘lim mutaxassislari:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
boshliq va bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;
- Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari lavozimiga oliy o‘quv yurtlarining tibbiy-profilaktika fakultetini tamomlagan va oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayinlanadi.

