
TIBBIY KO‘RIK DAFTARCHASI NIMA?
Tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi, tibbiy ko‘riklar natijasi tibbiy ko‘rik daftarchasida qayd etiladi.
Mehnat faoliyati mobaynida o‘zidagi kasalliklarni boshqalarga yuqmasligini oldini olish, xodimning salomatlik holati va ishga yaroqlilik darajasini aniqlash va boshqa maqsadlarda ish beruvchi xodimni tibbiy ko‘riklardan o‘tishini talab etadi.
Oziq-ovqat sanoati xodimlari uchun shaxsiy tibbiy daftar majburiy hujjat bo‘lib, ularsiz ishga joylashish mumkin emas. Unda ma’lum vaqt oralig‘ida o‘tishi kerak bo‘lgan tibbiy ko‘rik natijalari qayd etiladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan oziq-ovqat sanoati xodimlariga kimlar kiradi?
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan oziq-ovqat sanoati xodimlariga oziq-ovqat omborlari, go‘sht-sut kombinatlari, qandolat fabrikalari xodimlari, jumladan, oziq-ovqat, ichimlik suvi tashuvchi haydovchilar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiradi.
Qaysi mutaxassislardan tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak?
Oziq-ovqat sanoati xodimlari quyidagi tibbiy mutaxassislarga yuboriladi:
• Terapevt
• Otolaringolog
• Dermatovenerolog
• Narkolog
• Psixiatr
• Stomatolog
• Ayollar uchun ginekolog.
Qanday tahlil va instrumental tekshiruvlar kerak?
• Flyuorografiya
• Umumiy qon tahlili va bioximiya
• Umumiy siydik tahlili
• Gelmintlarga tahlil
• Najasni ichak guruhi infeksiyalari uchun tekshirish
• Zahm, qorin tifi uchun qon tahlili
• Brusellyozga qon tahlili (go‘sht, sut va turli konditer kremlari bilan ishlovchilar uchun)
Bundan tashqari, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni aniqlash uchun jinsiy a’zolardan surtmalar va stafilokokka tekshirish uchun burun xalqumdan surtmalar olinadi.
Learn More
GRIPPGA QARSHI EMLASH ISHLARI UYUSHQOQLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Ma’lumki, kuz-qish davri kirib kelishi bilan yurtimizda aholini gripp kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash ishlari o‘tkaziladi.
Jumladan, Yakkabog’ tumanida ham bu boradagi ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Tumanimiz bo‘yicha aholini gripp kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash maqsadida davolash profilaktika muassasalarida 21 ta emlash punktlari tashkil qilingan bo‘lib, emlash brigadalariga shifokor hamda o‘rta tibbiy xodimlar jalb qilingan.
Emlash tadbirlari boshlanganidan buyon tumanimizda 11200 nafar maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari, tibbiyot xodimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari hamda saxovat uyida yashovchilar va ishchi xodimlari grippga qarshi vaksina bilan emlandi.



Махаллабай ишлаш бўйича яккабоғ туман СЭО ва ЖС бўлими бошлиғи томонидан қилинган ишлар
Махаллабай ишлаш бўйича яккабоғ туман СЭО ва ЖС бўлими бошлиғи томонидан қилинган ишл
ар

KO‘CHMA KLINIKADA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘magida “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuqumli kasalliklarni oldini olish sohasida texnik yordam ko‘rsatish dasturi” doirasida ko‘chma tibbiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning 26 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari navbatdagi tibbiy ko‘rik o‘tkazishni boshladilar.
Tekshirish o‘tkazish uchun 104 ta tahlil olindi, UTT – 60 kishi, ginekolog ko‘rigidan – 96 kishi, terapevt ko‘rigidan– 104 kishi o‘tkazildi.
Instrumental, laboratoriya, tibbiy asbob-uskunalar to‘plami bilan jihozlangan ko‘chma klinikada tibbiy ko‘riklar o‘tkazilishi davom etadi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Learn More
