
PARAZITAR KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI OLIB BORILMOQDA
Odam va hayvonlarning a’zo va to‘qimalari hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar-gelmintlar(gijjalar) gelmintoz kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi. Kattalar ham, bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin. Gijja tuxumi odam organizmiga og‘iz orqali tushadi.
Shu sababli, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining «Respublikada parazitar kasalliklarni profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish to’g’risida»gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Sanepidqo’mita Oqdaryo tuman bo’limi xodimlari parazitologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan bugun Arpa mahalla hududida uyushmagan aholi 2-10 yoshdagi bolalar o‘rtasida parazitar kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 67 ta laborator namunalari olindi va o‘rnatilgan tartibda laborator tekshiruvlar o‘tkazildi hamda bolalarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha onalarga tegishli tavsiyalar berildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
JSST: HAR YILI DUNYO BO‘YLAB 278 000 DAN ORTIQ O‘LIM HOLATI SANOAT TRANS YOGʻLARINI ISTE’MOL QILISH TUFAYLI SODIR BO‘LADI
Trans yog‘lar tomirlarning tiqilib qolishiga olib keladi, yurak xuruji va o‘lim xavfini oshiradi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab besh milliard odam ushbu yog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan. Har yili dunyo bo‘ylab 278 000 dan ortiq o‘lim holati sanoat transyog‘larini iste’mol qilish tufayli sodir bo‘ladi.
Trans yog‘lar qaysi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud:
- Shirin non mahsulotlari – bulochkalar, vafli, quymoqlar har qanday qovurilgan xamir tarkibida trans yog‘lar yetakchi hisoblanadi.
- Qandolat mahsulotlari – pechenye, tortlar, kekslar ko‘pincha margarin yordamida tayyorlanadi. Ayniqsa “Napoleon” torti tarkibida trans yog‘lar ko‘p bo‘ladi.
- Muzqaymoq, sutli ichimliklar, qahva, qaymoqli issiq shokolad trans yog‘larini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan yuqori kaloriyali mahsulotlardir.
- Kartoshka chipslari, kartoshka fri va boshqa qovurilgan ovqatlar tarkibida 18 dan 46% gacha trans yog‘lar bo‘lishi mumkin.
- Qayta ishlangan go‘sht – kolbasa, sosiska, sardelka, vetchina, tuzlangan va dudlangan go‘sht, go‘sht konservalarida ham katta miqdordagi trans yog‘lar mavjud.
- Muzlatilgan yarim tayyor polufabrikatlar, masalan muzlatilgan pissa trans yog‘larning ruxsat etilgan kunlik me’yorini uchdan bir qismini o‘z ichiga olishi mumkin.
Trans yog‘larning sanoatda ishlab chiqarilgani ham, tabiiysi ham bir xil darajada zararli.
JSST mazkur turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Ya’ni, kunlik rasionda 2000 kaloriya bo‘lsa, trans yog‘lar 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Ularni salomatlik uchun foydali yog‘lar bilan almashtirish mumkin.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
SUV, SANITARIYA VA GIGIYENA (SSG) SOHASIDA IJOBIY AMALIYOTLARNI TARG‘IB QILISHDA IJTIMOIY XULQ-ATVORNI O‘ZGARTIRISH
YUNISEF O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan o‘smirlar salomatligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan maktablarda, tibbiyot muassasalarida toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena (SCG) dan foydalanish, shuningdek, xavfsiz ichimlik suvi va gigiyena bo‘yicha asosiy ijobiy amaliyotlarni ilgari surish sohasida hamkorlik qiladi.
Xavfsiz ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena (SSG) dan foydalanish sog‘liq uchun juda muhimdir va inson huquqi sifatida tan olingan. Suv sanitariya-gigiyenasi darajasining yetarli yemasligi vabo, diareya, dizenteriya, gepatit A, qorin tifi va poliomiyelit kabi kasalliklar yuqishining asosiy sababidir. Diareya kasalliklari bolalar o‘limining yetakchi global sababi bo‘lib qolmoqda.
Dunyo bo‘ylab diareya sababli o‘lim holatlarining deyarli 60 foizi xavfli ichimlik suvi va sanitariya- gigiyena sharoitlarining yetarli emasligi bilan bog‘liq.
Ichimlik suvi patogen mikroorganizmlarni o‘z ichiga olgan, odam yoki hayvonlarning najasi, shuningdek, bolalar salomatligi va rivojlanishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy va fizik ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishi mumkin.
Qo‘llarni sovun bilan yuvish diareya xavfini kamida 40 foizga va nafas olish yo‘llari infeksiyalari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
YUNISEF tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikdagi 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Dasturiy hujjat asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga aholi o‘rtasida suv, sanitariya va gigiyena (SSG) sohasida ijobiy amaliyotlarni targ‘ib qilishda ijtimoiy xulq-atvorni o‘zgartirish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.
Strategiyaning ushbu sohadagi milliy rejaga muvofiqligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-15 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Sanepidqo‘mitaning hududiy boshqarmalardagi OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi hamda kommunal-gigiyena bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Ikki kun bo‘lib o‘tgan nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarda seminarga taklif etilgan ushbu sohadagi xalqaro ekspert Pol O`Sallivan o`z tajribalari bilan o`rtoqlashdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumot oldilar.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Learn More
OZIQ-OVQAT QO‘SHIMCHALARI TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hozirgi kunda ozuqaviy qo‘shimchalarsiz texnologik jarayon yo‘q. Masalan, non ishlab chiqarishda achitqi yoki soda ishlatilishi, maxsulotlarning yaroqlilik muddatlarini uzaytirish maqsadida qo‘llaniladigan konservantlar, yoki shakar o‘rnini bosuvchi shirinliklar. Ammo, ko‘pchilik oziq-ovqat qo‘shimchalari sun’iy, ya’ni kimyoviy moddalar sintezi natijasida olinadi, shu sabab, ularning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanishini nazorat qilish zaruriyati mavjud.
Xalqaro Kodeks Alimentarius tashkilotining tavsiyalarida oziq-ovqat qo‘shimchalari Е xarfi bilan belgilangan bo‘lib, quyidagi guruhlardan iborat:
E100–E199 – bo‘yoqlar;
E200–E299 – konservantlar;
E300–E391 – oksidlanishga qarshi va kislotalikni me’yorlovchi moddalar;
E400–E481 – stabilizatorlar, emulgatorlar va quyuqlantirvuchi moddalar;
E500–E585 – boshqa turdagi qo‘shimchalar;
E600–E699 –ta’m va aromatni kuchaytiruvchi moddalar;
E700–E899 – yangi turdagi qo‘shimchalar;
E900–E999 – sirlovchi (yaltiratuvchi), shirinlik o‘rnini bosuvchi, unni oqartirvuchi qo‘shimachalar;
E1100–E1105 – fermentlar.
«E» kodi berildi degani u sun`iy yoki kimyoviy degan tushuncha emas. Masalan, E160a “karotinlar”, E162 “lavlagi bo‘yog‘i“, E170 “karbonat kalsiy”, E300 “askorbin kislotasi” va boshqa shunga o‘xshash bolalar uchun foydali bo‘lgan qo‘shimchalar mavjud. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus mahsulotlarda №0283-10 sonli “Oziq ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga bo‘lgan gigiyenik talablar” Sanitariya Qoidalari talabiga muvofiq sun’iy oziq ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!
Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhidir. Ular inson tanasida yashaydi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.
Yuqish yo‘llari:
🔹 kundalik sharoitida — iflos qo‘llar orqali;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlardan — yuvilmagan sabzavotlar, mevalar, o‘t mahsulotlari, ochiq suv havzalaridan suv orqali, qizdirib ishlov berilmagan boshqa mahsulotlar orqali;
🔹 kamdan-kam hollarda gelmint tuxumlari yutinganda yoki nafas olganda havo va chang orqali.
Agar bolangiz gelmentlarni yuqtirib olgan bo‘lsa ularda quyidagi belgilar kuzatiladi:
🔹 o‘zini yomon his qilish, zaiflik, charchoq,
🔹 asabiylikning kuchayishi,
🔹 allergik reaksiyalar (toshma),
🔹 ishtahaning pasayishi yoki aksincha doimiy ochlik hissi,
🔹 qorin og‘rig‘i, dam bo‘lishi va boshqa ovqat hazm qilish muammolari,
🔹 ta’mga bo‘lgan moyillikni o‘zgarishi,
🔹 tana haroratining ko‘tarilishi,
🔹 yuqori nafas yo‘llarining shikastlanishi, quruq yo‘tal, nafas qisilishi,
🔹 mushaklar va bo‘g‘imlarning og‘rig‘i.
Gelmentlarni yuqtirib olmaslik uchun quyidagi gigiуenik qoidalarga rioya qilishingiz talab etiladi:
🔹 ovqatlanishdan oldin, jamoat joylari va ko‘chadan kelganda, hayvonlar va tuproq bilan aloqa qilgandan keyin qo‘lni sovun bilan yuvish;
🔹 sabzavot va mevalarni 5-10 daqiqa davomida oqar suvda yuvish va xom holda iste’mol qilinadigan mahsulotlarni qaynoq suv bilan yuvish;
🔹 faqat yaxshi qaynatilgan va qovurilgan go‘sht mahsulotlarini (hayvon go‘shti, baliq) iste’mol qilish;
🔹 xom suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik;
🔹 yaylovlar va hayvonlarni sug‘orish joylari yaqinida joylashgan ifloslangan suv havzalarida suzishdan saqlanish;
🔹 yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda xonalarda muntazam ravishda nam tozalashni amalga oshirish;
🔹 gilamlar, yumshoq o‘yinchoqlar, ko‘rpalar, yostiqlar, matraslarni tozalash va ularni toza havoda shamollatish;
🔹 choyshab va ichki kiyimlarni toza tutish, ularni issiq dazmol bilan dazmollash;
🔹 alohida yotoqda uxlash, boshqa odamlarning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanmaslik;
🔹 suv kranlarini, eshik tutqichlarini, hojatxonalarni, tungi tuvaklarni dezinfeksiyali eritma yoki qaynoq suv bilan tozalash;
🔹 o‘g‘it sifatida yangi najas/go‘ngni faqat qayta ishlangandan (kompost qilinganidan) keyin foydalanish;
🔹 uy hayvonlarini gelmintozdan o‘z vaqtida davolash;
🔹 infeksiyani oldini olish uchun hayvonlarni saqlash qoidalariga rioya qilish.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Learn More
IT TISHLASA NIMA QILISH KERAK!
Quturish hayvonlar va odamlarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, miya va orqa miyaning og‘ir shikastlanishi bilan tavsiflanadi, har doim o‘lim bilan yakunlanadi.
Quturish kasalligi bilan uy va yovvoyi hayvonlar kasallanadi: itlar, mushuklar, qoramollar, qo‘ylar, bo‘rilar, tulkilar, shoqollar, bo‘rsiqlar, sassiqkuzanlar, shuningdek, turli xil kemiruvchilar.
Barcha hayvonlar turlarida quturish bir hil namoyon bo‘ladi, kasal hayvonlar tajovuzkor bo‘lib, qo‘rqmaydi va odamlarga hujum qiladi. Kasal hayvonlarda ko‘p so‘lak oqishi va bezovtalanuvchi xatti-harakatlar kuzatiladi.
Kasal hayvonlarning so‘laklari shikastlangan teriga, ko‘z, og‘iz va burun shilliq pardalariga tushsa, shuningdek, it, mushuk va yovvoyi hayvonlar tishlasi, tirnashi oqibatida odam quturish bilan kasallanishi mumkin.
Kasal hayvonlarning so‘laklari shikastlangan teriga, ko‘zning shilliq pardalariga, og‘iz va burunga tushsa, shuningdek, itlar, mushuklar yoki yovvoyi hayvonlar tomonidan tishlansangiz, tirnalsangiz, darhol quturishga qarshi emlash uchun shifokorga murojaat qilishingiz kerak!
Kasal hayvonlarning so‘laklari shikastlangan teriga, ko‘zning shilliq pardalariga, og‘iz va burunga tushganda, shuningdek, itlar, mushuklar va yovvoyi hayvonlar tomonidan tishlangan va tirnalganida, mumkin bo‘lgan quturish kasalligiga qarshi maxsus davolash kursi talab qilinadi.
Bunday davolanish kursi taxminan bir oy davom etadi va davolanishni rad etish mumkin emas, chunki quturish bilan kasallanish ehtimoli juda yuqori.
Chuqur bo‘lmagan tan jaroxatida, uni sovunli suv bilan oqava suv ostida yaxshilab yuvib tashlang. Xo‘jalik sovunini ishlatish yaxshiroqdir, chunki uning tarkibida virusga zararli ta’sir ko‘rsatadigan gidroksidi mavjud. Yarani 10-15 daqiqa davomida yuving. Agar yaqin atrofda suv va sovun bo‘lmasa, siz nam salfetkalardan foydalanishingiz mumkin.
Agar jaroxat chuqur bo‘lsa, qon ketishini to‘xtatishga urinmang, chunki jaroxat joyi qon bilan hayvonning tupugidan tozalanishi kerak, shundan so‘ng uni yaxshilab yuvish kerak, jaroxat joyi atrofidagi terini antiseptik (yod, vodorod perikisi, xlorgeksidin) bilan obrabotka qilish kerak, yaraning o‘ziga antiseptiklar kuyish mumkin emas. Keyin shikastlangan joyga steril bint bilani bog‘lov qo‘yilishi kerak, shundan so‘ng shoshilinch tarzda travmpunktga murojaat etishi kerak, agar u bo‘lmasa, xirurgiya va travmatologiya kabinetida jarohatni birlamchi jarrohlik tozalash va davolash amalga oshirilishi, keyin quturish va qoqsholga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi.
Noma’lum hayvonlar tomonidan tishlanganda quturishga qarshi emlash uchun quturishga qarshi vaksina va quturishga qarshi immunoglobulin qo‘llaniladi, ular belgilangan tartibda sxema bo‘yicha amalga oshiriladi va emlash 5 ta in’yeksiyadan iborat — 0-kuni (davolash profilaktika muassasasiga murojaat etgan kuni), 3- kun, 7-kun, 14 va 28-kunlari amalga oshiriladi.
Egasi ma’lum bo‘lgan hayvonlar shu jumladan itlar tomonidan odamlar jabrlansa, hayvonlar shu jumladan itlar 10 kun davomida veterinariya kuzatuvidan o‘tkaziladi, agar hayvon o‘lmasa, qochib ketmasa, quturishga qarshi faqat 3 ta emlash amalga oshiriladi — 0-kuni (davolash profilaktika muassasasiga murojaat etgan kuni), 3-chi va 7-kuni.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Learn More
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Toshkent shahridagi 267 va 580-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor hamda Bektemir tuman bo‘limlarining sanitariya bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan rejali nazorat ishlari o‘tkazildi.
Nazorat davomida bolalar uchun tayyorlanayotgan taomlarning tasdiqlangan taomnomalar asosida tayyorlanayotgani, oziq-ovqat xom- ashyosining saqlanish holati, mahsulotlar saqlanayotgan sovutgichlarning ishlatilishi maqsadga muvofiq yorliqlanganligi, brakeraj komissiyasining faoliyati o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muassasa mudirasiga tushuntirish berildi va ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Learn More
DOLZARB SAVOLLARGA SANEPIDQO‘MITA BOSH MUTAXASSISI ABDURAHMON ISMOILOV JAVOB BERDI
Hozirgi vaqtda poliz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortmoqda. Muddati o‘tgan mahsulotlar o‘z navbatida sog‘liqqa zarar tug‘dirmoqda. Bugun shu mavzular yuzasidan Sanepidqo‘mita bosh mutaxassisi Abdurahmon Ismoilovga quyidagi savollar bilan yuzlandik.
Qovun-tarvuz iste’molidan zaharlangan bemorlar qanchalik ko‘p uchraydi, bu borada statistik tahlillar qilinmoqdami, zaharlanishning asosiy omillari nimalardan iborat?
Aynan pishiqchilik vaqtida aholi orasida qovun-tarvuz iste’mol qilishlari oqibatida oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi va ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilib turishi ehtimoldan holi emas.
Epidemiologik surishtiruvlar natijasida bu kabi holatlar aholining bu mahsulotlarni iste’mol qilishdagi beparvoligi bilan bog‘liq bo‘layotganligi ko‘zga tashlanmoqda.
Fikrimning isboti sifatida ta’kidlash joizki, aholimiz poliz mahsulotlarini xarid qilishda ularning tarkibidagi nitrat va nitritlarga veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida tekshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishmaydi.
Hayotimiz davomida tez-tez uchrab turadigan yana bir holatga e’tiborni qaratish lozim, u ham bo‘lsa biz aksariyat hollarda poliz mahsulotlarini magistral yo‘l yoqalarida, ko‘cha-ko‘ylarda, mahalla va mavzelar ichida sotilayotgan joylardan yoki arava hamda boshqa transport vositalarida sotib yurgan shaxslardan xarid qilamiz.
Masalaning yana bir jihati shuki, nimagadir biz qovun-tarvuzlarni xarid qilish jarayonida uni kesib berishlarini talab qilamiz va pishganligiga hamda shirinligiga ishonch hosil qilamiz. Aytingchi, biron marotaba qovun yoki tarvuzni kesishdan avval pichoqni yuvish u yoqda tursin, hatto artib ishlatgan sotuvchini ko‘rganmisiz?
Poliz mahsuloti tez aynaydigan mahsulotlar sirasiga kiradi. Biz ko‘pincha oila-a’zolarimiz bir o‘tirganda yeb tugata olmaydigan kattalikdagi poliz mahsulotlarini xarid qilamiz. Tabiiy, bu mahsulotlarni bir necha kun davomida saqlashga va iste’mol qilishga to‘g‘ri keladi.Tasavvur qilib ko‘ringchi, bironta oilada aynan poliz mahsulotlarini saqlash uchun alohida muzlatgich bormikan, bo‘lgan taqdirda ham juda kam miqdordagi oilalar bu kabi imkoniyatga ega. Demak, biz iste’mol qilib ulgurmagan poliz mahsulotlarini muzlatgichsiz yoki muzlatgichda pishmagan mahsulotlar deylik, go‘sht, tuxum, baliq, sabzavot-mevalar, sut va sut mahsulotlari kabilar bilan birga saqlaymiz.
Albatta har bir shaxs sifatli mahsulotni arzon narxlarga xarid qilishga intiladi. Sifatli mahsulot esa bir muncha qimmat turishini hammamiz bilamiz. Bunday imkoniyatlar ham hammada bir xil emas. Shunday ekan terish, tashish va saqlash jarayonida pachoqlangan, ezilgan, yorilgan yoki butunligi u yoki bu darajada buzilgan hamda so‘lib qolgan poliz mahsulotlarini arzongarovga sotayotgan va xarid qilayotgan shaxslarni ham ko‘rishimiz mumkin. Poliz mahsulotlari pishib yetilganda uning tarkibida uglevodlar, ayniqsa saxaroza, fruktoza, mannoza va boshqalar miqdori juda yuqori darajada bo‘ladi. Butunligi buzilgan poliz mahsulotlari esa mikroorganizmlar, shu jumladan ularning kasallik qo‘zg‘atuvchi turlari uchun tayyor ozuqa-muhiti bo‘lishi mumkin
Umuman olganda poliz mahsulotlarini xarid qilishda ular sotilayotgan joylarga va sharoitiga e’tiborli bo‘lishimiz lozim. Balki ular tarkibidagi nitrat va nitritlar miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun bozorlar hududiga kiritilmagan, shu sababli belgilanmagan joylarda sotilayotgandir.
Keng jamoatchilik bilib qo‘yishi kerak bo‘lgan yana bir jihat borki, u ham bo‘lsa oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish (bir paytning o‘zida bir necha xil mahsulotlarni iste’mol qilish nazarda tutilayapdi) tartibiga amal qilish kerak. Aholimiz qisman xabardor bo‘lishgan bo‘lsada, eslatib qo‘yish kerak bo‘lgan jihat, u ham bo‘lsa poliz mahsulotlarini iste’mol qilgandan keyin qaynatilmagan suv, sutli mahsulotlar (ayron, qimiz, qumron va boshqalar) iste’mol qilish oshqozon-ichak tizimi faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bilamizki umumiy ovqatlanish muassasalarida poliz mahsulotlarini kesilgan, to‘g‘ralgan, maydalangan holda xo‘randalarga taklif etish ommalashib borayapdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, poliz mahsulotlarini shu ko‘rinishda tayyorlab beradigan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishi, kiyim-boshi, qo‘llari, ushbu maqsadda ishlatiladigan pichoqlari, vilkalari va idishlari tozalab yuvilgan bo‘lishi talab etiladi. Aynan shu tarzda tayyorlangan poliz mahsulotlari ko‘pi bilan ikki soat ichida iste’mol qilinishi kerak bo‘ladi.
Yana bir jihat, bolalarning organizmi kattalarnikidek emas, ular poliz mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilsalar salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin. Albatta ularning ham poliz mahsulotlarini iste’mol qilgisi keladi. Ushbu holatni inkor qilmagan holda, bolalarga bu kabi mahsulotlarni berilishida me’yorni belgilab olishimiz kerak bo‘ladi.
Do‘konlardan yoki ko‘chadan sotib oladigan mahsulotimizni aynigan yoki hali pishib yetilmaganligini qanday aniqlashimiz mumkin?
Bilamizki, respublikamizda poliz mahsulotlarining pishib yetiladigan davri mavjud. Uzoq yillar davomida o‘sha qonuniyatni kuzatib kelamiz. Dastlab handalak, keyinroq erta pishar qovun-tarvuzlar, keyinchalik kech kuzga borib pishib yetiladigan poliz mahsulotlari. Hozirgi kunda biz o‘rganib qolgan o‘sha mavsumiylik yo‘qolib borayapdi. Buning sababi bir nechta bo‘lishi mumkin. Birinchi sababi poliz mahsulotlarining tez pishar navlari respublikamizga olib kelinayotgan bo‘lsa, ikkinchi sababi bu kabi mahsulotlarni yetishtirishda yangicha usullardan foydalanilayotgan (issiqxona, pishish yetilish jarayonini tezlashtiruvchi kimyoviy vositalardan foydalanish) bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlik rivojlanayotgan, kundan kunga kengayib borayotgan bir davrda yashayotganimizni e’tiborga olsak, hali may oyi kelmasdanoq pishib yetilgan qovun-tarvuzni ko‘rib ajablanmasak ham bo‘ladi.
Shunday bo‘lgan taqdirda ham aholi ehtiyoji uchun sifati kafolatlangan mahsulot yetkazib berilsa, biz bundan faqat mamnun bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.
Aynigan mahsulotni yeb qo‘ygan shaxs qanday choralar ko‘rishi zarur va qaysi belgilardan so‘ng tez yordamga murojaat qilish kerak?
Birinchidan, agar mahsulotning ko‘rinishi (kesilgan joyi qorayib qolgan, rangi, ta’mi va hidi) o‘zgargan bo‘lsa, bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslik kerak. Mabodo poliz mahsulotlarini iste’mol qilgandan keyin, umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq, qayd qilish va ich ketish kabilar kuzatilsa darhol tez yordamga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Learn More
