
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bu bayram – jamiyatimiz taraqqiyoti, farzandlarimiz ma’naviy kamoloti va kelajagimiz ravnaqi yo‘lida bebaho xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik ifodasidir.
✨Ayni paytda tibbiyot sohasida avlodlarga bilim va tajriba berib kelayotgan ustoz shifokor va tibbiyot xodimlari ham alohida e’tirofga loyiqdir. Ular nafaqat kasb sir-asrorlarini o‘rgatadilar, balki jasorat, sabr-toqat va insonparvarlikka ham tarbiyalaydilar.
✨Har bir insonning kamoloti va hayotida ustozning mehnati, sabri va mehri beqiyosdir. Shu bois, bu qutlug‘ kunda barcha ustoz va murabbiylarimizga, shu jumladan tibbiyot ustozlariga ham salomatlik, baxt-saodat, oila tinchligi hamda oliyjanob mehnatlarida zafarlar tilaymiz.
🎙Yana bir bor barchangizni bayram bilan muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi nomidan boshqarma boshlig‘i
To‘lqin Berdiyevich Rasulov
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Related Posts
Laboratoriyalarda gelmentiozlar (qurt kasalliklari) asosan quyidagi usullar bilan tekshiriladi:
Najas tahlili Eng ko‘p qo‘llaniladigan usul. Najasda gelmint tuxumlari yoki...
KO‘CHMA KLINIKADA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi...
Vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va boshqarish bo‘yicha seminar
Qashqadaryo viloyatida YUNISEF eksperti Nuriddin Kadirov ishtirokida vaksinalarni...
QADRLI SHIFOKORLAR, XURMATLI TIBBIYOT XODIMLARI!
Sizlarni yuksak qadr va ehtirom bilan "Tibbiyot xodimlari kuni" bayrami bilan...





