
BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!
Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhidir. Ular inson tanasida yashaydi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.
Yuqish yo‘llari:
🔹 kundalik sharoitida — iflos qo‘llar orqali;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlardan — yuvilmagan sabzavotlar, mevalar, o‘t mahsulotlari, ochiq suv havzalaridan suv orqali, qizdirib ishlov berilmagan boshqa mahsulotlar orqali;
🔹 kamdan-kam hollarda gelmint tuxumlari yutinganda yoki nafas olganda havo va chang orqali.
Agar bolangiz gelmentlarni yuqtirib olgan bo‘lsa ularda quyidagi belgilar kuzatiladi:
🔹 o‘zini yomon his qilish, zaiflik, charchoq,
🔹 asabiylikning kuchayishi,
🔹 allergik reaksiyalar (toshma),
🔹 ishtahaning pasayishi yoki aksincha doimiy ochlik hissi,
🔹 qorin og‘rig‘i, dam bo‘lishi va boshqa ovqat hazm qilish muammolari,
🔹 ta’mga bo‘lgan moyillikni o‘zgarishi,
🔹 tana haroratining ko‘tarilishi,
🔹 yuqori nafas yo‘llarining shikastlanishi, quruq yo‘tal, nafas qisilishi,
🔹 mushaklar va bo‘g‘imlarning og‘rig‘i.
Gelmentlarni yuqtirib olmaslik uchun quyidagi gigiуenik qoidalarga rioya qilishingiz talab etiladi:
🔹 ovqatlanishdan oldin, jamoat joylari va ko‘chadan kelganda, hayvonlar va tuproq bilan aloqa qilgandan keyin qo‘lni sovun bilan yuvish;
🔹 sabzavot va mevalarni 5-10 daqiqa davomida oqar suvda yuvish va xom holda iste’mol qilinadigan mahsulotlarni qaynoq suv bilan yuvish;
🔹 faqat yaxshi qaynatilgan va qovurilgan go‘sht mahsulotlarini (hayvon go‘shti, baliq) iste’mol qilish;
🔹 xom suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik;
🔹 yaylovlar va hayvonlarni sug‘orish joylari yaqinida joylashgan ifloslangan suv havzalarida suzishdan saqlanish;
🔹 yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda xonalarda muntazam ravishda nam tozalashni amalga oshirish;
🔹 gilamlar, yumshoq o‘yinchoqlar, ko‘rpalar, yostiqlar, matraslarni tozalash va ularni toza havoda shamollatish;
🔹 choyshab va ichki kiyimlarni toza tutish, ularni issiq dazmol bilan dazmollash;
🔹 alohida yotoqda uxlash, boshqa odamlarning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanmaslik;
🔹 suv kranlarini, eshik tutqichlarini, hojatxonalarni, tungi tuvaklarni dezinfeksiyali eritma yoki qaynoq suv bilan tozalash;
🔹 o‘g‘it sifatida yangi najas/go‘ngni faqat qayta ishlangandan (kompost qilinganidan) keyin foydalanish;
🔹 uy hayvonlarini gelmintozdan o‘z vaqtida davolash;
🔹 infeksiyani oldini olish uchun hayvonlarni saqlash qoidalariga rioya qilish.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Related Posts
GRIPPGA QARSHI EMLASH ISHLARI UYUSHQOQLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Ma’lumki, kuz-qish davri kirib kelishi bilan yurtimizda aholini gripp kasalligiga...
Magnit bo‘ronlari vaqtida nimalar qilish kerak?
☀️ So‘nggi yillarda Quyosh faolligining ortishi sababli Yerda ko‘pincha magnit...
Noqonuniy yoki ruxsatsiz choʻmilish havzalari
🌊 Maxsus ruxsat va gigiyenik nazoratdan oʻtmagan daryo, kanal, ko‘l, suv ombori...
Qizamiq — bu oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi.
Alomatlari ✔️ Tanglayda qizil dogʻlar. ✔️ Terida toshma va pigmentatsiya. ✔️...





