
JSST: HAR YILI DUNYO BO‘YLAB 278 000 DAN ORTIQ O‘LIM HOLATI SANOAT TRANS YOGʻLARINI ISTE’MOL QILISH TUFAYLI SODIR BO‘LADI
Trans yog‘lar tomirlarning tiqilib qolishiga olib keladi, yurak xuruji va o‘lim xavfini oshiradi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab besh milliard odam ushbu yog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan. Har yili dunyo bo‘ylab 278 000 dan ortiq o‘lim holati sanoat transyog‘larini iste’mol qilish tufayli sodir bo‘ladi.
Trans yog‘lar qaysi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud:
- Shirin non mahsulotlari – bulochkalar, vafli, quymoqlar har qanday qovurilgan xamir tarkibida trans yog‘lar yetakchi hisoblanadi.
- Qandolat mahsulotlari – pechenye, tortlar, kekslar ko‘pincha margarin yordamida tayyorlanadi. Ayniqsa “Napoleon” torti tarkibida trans yog‘lar ko‘p bo‘ladi.
- Muzqaymoq, sutli ichimliklar, qahva, qaymoqli issiq shokolad trans yog‘larini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan yuqori kaloriyali mahsulotlardir.
- Kartoshka chipslari, kartoshka fri va boshqa qovurilgan ovqatlar tarkibida 18 dan 46% gacha trans yog‘lar bo‘lishi mumkin.
- Qayta ishlangan go‘sht – kolbasa, sosiska, sardelka, vetchina, tuzlangan va dudlangan go‘sht, go‘sht konservalarida ham katta miqdordagi trans yog‘lar mavjud.
- Muzlatilgan yarim tayyor polufabrikatlar, masalan muzlatilgan pissa trans yog‘larning ruxsat etilgan kunlik me’yorini uchdan bir qismini o‘z ichiga olishi mumkin.
Trans yog‘larning sanoatda ishlab chiqarilgani ham, tabiiysi ham bir xil darajada zararli.
JSST mazkur turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Ya’ni, kunlik rasionda 2000 kaloriya bo‘lsa, trans yog‘lar 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Ularni salomatlik uchun foydali yog‘lar bilan almashtirish mumkin.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Related Posts
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Toshkent shahridagi 267 va 580-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida...
2024-yilda Botulizmdan 162 nafar fuqaro jabrlangan
Botulizm o‘zi nima? ❌Bu ovqatdan zaharlanishning bir muncha og‘ir va asorat...
SHAHAR FAVVORALARIDA CHO‘MILISH MUMKINMI?
Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar...
BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!
Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar...





