
SHAHAR FAVVORALARIDA CHO‘MILISH MUMKINMI?
Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida cho‘milish mumkinmi?
Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud — u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi.
Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelmint tuxumlari qo‘shildi. Shu sababli favvoralarda cho‘milgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.
Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati cho‘milayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin, suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, qirrali moslamalar joylashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, favvoralar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va salqinlik berish uchun qurilgan me’moriy va dekorativ element bo‘lib, ularning suvi ichish yoki cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
Related Posts
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan...
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Toshkent shahridagi 267 va 580-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida...
DOLZARB SAVOLLARGA SANEPIDQO‘MITA BOSH MUTAXASSISI ABDURAHMON ISMOILOV JAVOB BERDI
Hozirgi vaqtda poliz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortmoqda....
Magnit bo‘ronlari vaqtida nimalar qilish kerak?
☀️ So‘nggi yillarda Quyosh faolligining ortishi sababli Yerda ko‘pincha magnit...





