
TIBBIY KO‘RIK DAFTARCHASI NIMA?
Tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi, tibbiy ko‘riklar natijasi tibbiy ko‘rik daftarchasida qayd etiladi.
Mehnat faoliyati mobaynida o‘zidagi kasalliklarni boshqalarga yuqmasligini oldini olish, xodimning salomatlik holati va ishga yaroqlilik darajasini aniqlash va boshqa maqsadlarda ish beruvchi xodimni tibbiy ko‘riklardan o‘tishini talab etadi.
Oziq-ovqat sanoati xodimlari uchun shaxsiy tibbiy daftar majburiy hujjat bo‘lib, ularsiz ishga joylashish mumkin emas. Unda ma’lum vaqt oralig‘ida o‘tishi kerak bo‘lgan tibbiy ko‘rik natijalari qayd etiladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan oziq-ovqat sanoati xodimlariga kimlar kiradi?
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan oziq-ovqat sanoati xodimlariga oziq-ovqat omborlari, go‘sht-sut kombinatlari, qandolat fabrikalari xodimlari, jumladan, oziq-ovqat, ichimlik suvi tashuvchi haydovchilar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kiradi.
Qaysi mutaxassislardan tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak?
Oziq-ovqat sanoati xodimlari quyidagi tibbiy mutaxassislarga yuboriladi:
• Terapevt
• Otolaringolog
• Dermatovenerolog
• Narkolog
• Psixiatr
• Stomatolog
• Ayollar uchun ginekolog.
Qanday tahlil va instrumental tekshiruvlar kerak?
• Flyuorografiya
• Umumiy qon tahlili va bioximiya
• Umumiy siydik tahlili
• Gelmintlarga tahlil
• Najasni ichak guruhi infeksiyalari uchun tekshirish
• Zahm, qorin tifi uchun qon tahlili
• Brusellyozga qon tahlili (go‘sht, sut va turli konditer kremlari bilan ishlovchilar uchun)
Bundan tashqari, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni aniqlash uchun jinsiy a’zolardan surtmalar va stafilokokka tekshirish uchun burun xalqumdan surtmalar olinadi.
Related Posts
Qizamiq — bu oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi.
Alomatlari ✔️ Tanglayda qizil dogʻlar. ✔️ Terida toshma va pigmentatsiya. ✔️...
JSST: HAR YILI DUNYO BO‘YLAB 278 000 DAN ORTIQ O‘LIM HOLATI SANOAT TRANS YOGʻLARINI ISTE’MOL QILISH TUFAYLI SODIR BO‘LADI
Trans yog‘lar tomirlarning tiqilib qolishiga olib keladi, yurak xuruji va o‘lim...
LEYSHMANIOZ KASALLIGI VA UNI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
JSST ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra har yili leyshmanioz kasalligi bilan yer...
BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISHI VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN
Brutsellyoz qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlari orasida keng tarqalgan kasallik...





