
GRIPPGA QARSHI EMLASH ISHLARI UYUSHQOQLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Ma’lumki, kuz-qish davri kirib kelishi bilan yurtimizda aholini gripp kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash ishlari o‘tkaziladi.
Jumladan, Yakkabog’ tumanida ham bu boradagi ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Tumanimiz bo‘yicha aholini gripp kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash maqsadida davolash profilaktika muassasalarida 21 ta emlash punktlari tashkil qilingan bo‘lib, emlash brigadalariga shifokor hamda o‘rta tibbiy xodimlar jalb qilingan.
Emlash tadbirlari boshlanganidan buyon tumanimizda 11200 nafar maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari, tibbiyot xodimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari hamda saxovat uyida yashovchilar va ishchi xodimlari grippga qarshi vaksina bilan emlandi.


Related Posts
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan...
Noqonuniy yoki ruxsatsiz choʻmilish havzalari
🌊 Maxsus ruxsat va gigiyenik nazoratdan oʻtmagan daryo, kanal, ko‘l, suv ombori...
Grippga qarshi emlanish haqida: mish-mish va haqiqat
1️⃣ Mish-mish: Emlash faqat grippning bir turidan himoya qiladi, boshqasi bilan...
IT TISHLASA NIMA QILISH KERAK!
Quturish hayvonlar va odamlarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, miya va orqa...





